Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Bugun o‘zbekistonlik besh bokschi jahon chempionati medali uchun ringga ko‘tariladi
18 Sep 2019

Bugun, 18 sentabr kuni Yekaterinburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining ilk sovrindorlari aniqlanadi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun janglarda O‘zbekistonning 5 nafar vakili ringga chiqadi. Dastlab -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov Toshkent vaqti bilan soat 15:00dan so‘ng bolgariyalik raqibga qarshi ringga chiqadi. O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi keyingi janglar soat 19:00dan keyin bo‘lib o‘tadi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Daniyel Asenov (Bolgariya) (A ring, boshlanish vaqti – 15:15)

-57 kg: Miraziz Mirzarahimov – Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyod Iyoshash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)

-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45)

Ma’lumot uchun, chorak finalga Rossiya va Qozog‘iston terma jamoalari eng ko‘p sportchi bilan yetib keldi – ularning 7 nafardan bokschisi yarim final uchun jang qiladi. Angliya va Kubaning 6 nafardan, O‘zbekistonning esa 5 nafar vakili chorak finalga chiqa oldi.

Hindiston 4, Armaniston 3 bokschi bilan, 8 mamlakat ikkita nafardan (Fransiya, Bolgariya, Filippin, Braziliya, Dominikan Respublikasi, AQSh, Iordaniya, Ozarbayjon) vakil bilan mazkur bosqichga yetib kelgan bo‘lsa, yana 10ta davlatning yagona ishtirokchisi qolgan (Yaponiya, Italiya, Eron, Turkiya, Avstraliya, Ekvador, Germaniya, Yangi Zelandiya, Irlandiya, Mo‘g‘uliston).

Qayd etish joiz, bugungi chorak final janglarida 8ta vazn toifasidan 5tasida Rossiya va Kuba terma jamoalari qarama-qarshiligi kuzatiladi.

 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 67

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech