Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Sirdaryo viloyatida “Keksalar haftaligi” munosabati  bilan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
8 Oct 2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabirdagi 816-sonli “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faoliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini yuzasidan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan “Keksalar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Belgilangan chora-tadbirlar doirasida 3 547 nafar keksalar ishtirok etishdi. Joriy yilning 8 oktabr kuni Guliston shahridagi “Istirohat bog‘i”da mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan keksa nuroniylar taklif etilib, ularga bayram dasturxoni yozilib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Tadbir davomida viloyat mahallalar kengashi tomonidan nuroniy keksalarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 33

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech