Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Samarqand viloyatida “Keksalar haftaligi” doirasida keksalar holidan xabar olindi
9 Oct 2019

Mamlakatimizda “Xalqaro keksalar kuni” munosabati bilan “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Samarqand viloyatida ham mazkur haftalik doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, keksalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va madaniy tadbirlar o‘tqazilib, keksalarimiz holidan xabar olinmoqda.

“Keksalar haftaligi”ga Samarqand viloyatidagi tashkilot va muassasalar, jamoatchilik faollari bilan bir qatorda viloyat mahallalar kengashi va viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi ham bevosita qatnashmoqda. Kengash tashabbusi bilan Urgut tumani “Muruvvat” va Samarqand tumani “Saxovat” keksalar va nogironlar internat uylariga tashrif amalga oshirildi va u yerdagi qariyalar ahvolidan xabar olindi.

Tashrif doirasida ushbu muassasalardagi 350 ga yaqin qariya otaxon va onaxonlarga homiylik yordami sifatida kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 38

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech