Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda
8 Oct 2019

Bugun, 8 oktabr kuni Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi katta majlislar zalida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu seminar Respublika mahallalar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, Toshkent shahar mahallalar kengashi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi IIV va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Seminarda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruv raisi Sh.Javlonov nutq so‘zlab, korrupsiya har bir jamiyat taraqqiyotiga zarar keltirishi, rivojlanish va farovonlikka rahna solishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Kengash boshqaruv raisi o‘z nutqida nutqida, - “Har bir shaxs hoh lavozimda o‘tirgan bo‘lsin, hoh oddiy fuqaro bo‘lsin o‘z Yurtining taraqqiyotiga hissa qo‘shishni, o‘z oilasi va mahallasi obod, osoyishta va farovon bo‘lishini xohlasa, birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shishi shart ” – deb qayd etib o‘tdi. Seminar yig‘ilganlarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Manba: Respublika mahallalar kengashi Axborot xizmati / Ko'rishlar: 38

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech