Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Keksalar hamisha e’zozda
10 Oct 2019

Xalqimiz orasida qadim-qadimdan keksalarga nisbata mehr-oqibatli, hurmat va e’tiborli bo‘lish singari fazilatlar asrlar davomida qadrlanib kelinayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng bu kabi milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashdek ezgu amallarga e’tibor yanada kuchaydi. Xususan, ulkan hayot maktabiga, kasbiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni ulug‘lab, ularni qadrlab, avaylab-asrash masalasi bugungi kunda yurtimizda borayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, yaqinda qabul qinigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-sonli Qarori ham mamlakatimizda keksalarga bo‘lgan e’tibor yaqqol dalili.

Jizzax viloyatida bugungi kunda 85010 nafar pensionerlar, 30 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 24 nafar 100 yosh va undan oshgan, 846 nafar front orti mehnat faxriylari, 164 nafar yakka-yolg‘iz keksalar umrguzaronlik qilib kelishmoqda. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash va “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Jizzax viloyat mahallalar kengashi boshqaruvining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, haftalik doirasida shahar va tumanlarda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda xayriya tadbirlari tashkil qilindi.

Shunday tadbirlardan biri Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat kengashi tashabbusi bilan 2019 yil 7 oktabr kuni Jizzax shahridagi Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun “Jizzax” sanatoriysida sog‘ligini tiklayotgan urush va mehnat faxriylari uchun “Keksalar hamisha e’zozda” nomli ma’anaviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat va Jizzax shahar kengashlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston “Adolat” SDP Jizzax viloyat Kengashi, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, “Jizzax haqiqati” – “Djizakskaya pravda” gazetalari vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ayni damlarda Jizzax shahridagi “Jizzax” sanatoriysida respublikamizning Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Jizzax viloyatidan 130 nafar urush va mehnat faxriylari sog‘ligini tiklashmoqda. Keksalar bilan suhbatlashar ekanman, ularning bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan, jumladan keksalarga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibordan mamnun ekanligiga amin bo‘ldim.

Biz keksalarga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga kuchaymoqda. Bundan behad xursandmiz. Ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz. – deydi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidan tashrif buyurgan O‘rol ota Qurbonov. – Bu sihatgohga ilk marotaba tashrif buyurgan bo‘lsamda, toza havosi, tabiati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar menga ma’qul keldi. Keksalarning sog‘ligini tiklab, maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar muhayyo ekanligining guvohi bo‘ldim. Ayni damda, bugungi tadbirning tashkil etilishi menda katta taassurot uyg‘otdi. Tadbir tashkilotchilari, jumladan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvoifqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat kengashi xodimlarining tashabbuskorligi meni quvontirdi. Bayram tadbirini tashkil qilganlarga barcha keksalar nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Shuningdek, ushbu tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda keksalarni e’zozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bog‘liq jarayonlarning jamiyat rivojlanishining muhim ijtimoiy masalasi sifatida e’tirof etilayotgani, yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimiz va milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi va yuksak ma’naviyat belgisi ekanligi, shuningdek, ularni qadrlash, sermazmun va boy hayot tajribasini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish lozimligini ta’kidlashdi. Yakka-yolg‘iz qariyalar, nogiron keksalar, urush va mehnat faxriylarining uylariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, mehr-muruvvat, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish mazkur tadbirni o‘tkazishning eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanligi ham e’tirof etishdi.

Tadbir jarayonida sihatgohda dam oluvchi keksalardan bir guruhiga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining qimmatbaho sovg‘alari bayram sovg‘asi sifatida taqdim qilindi.

Jizzax vohasining taniqli estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan jozibali kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar bayram tadbiriga o‘zgacha fayz kiritdi.

Shuningdek, tadbirda sanatoriyda dam oluvchi keksalar uchun homiylar tomonidan bayram dasutrxoni ham tashkil qilindi.

Manba: UZOQBOY RISQULOV Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat kengashi raisining keksalar va faxriylari ishlari bo‘yicha o‘rinbosari / Ko'rishlar: 33

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech