Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Samimiy qutlov, Vladimir PUTIN, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
29 Aug 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Milliy bayram – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot borasida g‘oyat salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston haqli ravishda dunyo maydonida yuksak nufuzga ega bo‘lib bormoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol o‘ynamoqda.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi azaliy an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlayman.

Ishonchim komilki, biz bundan keyin ham xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda davom etamiz.

Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, chin yurakdan sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, barcha yurtdoshlaringizga farovonlik va taraqqiyot tilayman.

Ehtirom ila,

 

Vladimir PUTIN, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 69

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech