Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Samimiy qutlov, Si SZINPIN, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
29 Aug 2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o‘z nomimdan Sizga va do‘st O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar bildirishga ijozat bergaysiz.
Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelmoqdaman, Siz bilan o‘rtamizdagi samarali ishchan va shaxsiy aloqalarni yuksak qadrlayman.
Siz bilan siyosiy o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ikki mamlakat va xalqlar farovonligi uchun O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini uzluksiz va izchil rivojlantirishga erishish maqsadida "Bir makon, bir yo‘l" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga birgalikda sa’y-harakat qilishga tayyorman.
Do‘st O‘zbekistonga taraqqiyot va kuch-qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Si SZINPIN, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 72

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech