Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Nyu-York: O‘zbekistonda yoshlar salohiyatini mustahkamlashda BMT ko‘magi to‘g‘risida kelishuvga erishildi
27 Sep 2019

Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Jayatma Vikramanayake bilan uchrashdi.

Tomonlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash masalalari, yoshlar, ayniqsa, jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoshlar iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish chora-tadbirlarini muhokama etdi.

Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarni ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusi haqida ma’lumot berdi.

BMT bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Jayatma Vikramanayake mamlakatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari BMTning Yoshlar strategiyasi maqsadlariga to‘liq mos kelishini qayd etdi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus nuqtai nazaridan yoshlar salohiyatini mustahkamlash va imkoniyatlarini kengaytirishda BMT ko‘magi to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 47

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech