Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi
6 Dec 2017

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif buyurdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, maishiy uskunalar va boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.

Tadbirda samimiy do‘stlik munosabatlarining ifodasi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 dona “Isuzu” rusumli avtobus va “New Holland” markali 3 ta traktor O‘zbekiston Respublikasi nomidan birodar Afg‘onistonga hadya qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti / Ko'rishlar: 196

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech