Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kuchlilar viloyat bosqichida
13 Dec 2017

«Mahalla — mening taqdirimda» ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari yakuniga yetdi

Yoshlar uchun nafaqat bilim va mahorat sinovi, balki erkin fikr va o‘zaro muloqot maydoniga, do‘stlik bayramiga aylangan mazkur tanlovda saralanganlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Murosasiz va sog‘lom raqobat ruhida o‘tayotgan mazkur tanlov yurtimizda har tomonlama barkamol avlod voyaga yetayotganini yana bir bor tasdiqladi. Dastlabki bosqich bellashuvlarini kuzata turib, kelajak egalarini tarbiyalashda oila instituti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ta’lim muassasalarining hamkorligi tobora mustahkamlanib borayotganiga amin bo‘lasiz.

Quvonarlisi, tanlovda ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatini namoyon etishni istovchi yoshlar safi yildan-yilga kengayib borayotir. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 1318 ta mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalaridan jami 5 ming 200 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Uchta shart bo‘yicha kuch sinashgan jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolislik va adolat mezonlari asosida baholab borildi. Dastlab qatnashchilarning ijodiy yondashgan holda o‘z mahallalari haqida namoyish etgan taqdimotlari 35 ballik tizimda baholandi. Ikkinchi shartda ishtirokchilarning sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar hamda ma’naviyatga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. So‘nggi shartda insholar tanlovi tashkil etildi. Unda har bir jamoa a’zosi ijodiy yetukligi, dunyoqarashi va fikrini yozma bayon eta olish ko‘nikmasini amalda namoyon etdi.

Natijalarga ko‘ra, 172 ta jamoa tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. o‘oliblar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Buning uchun hududiy kengashlar tomonidan 131 million so‘mlik hamda homiylar hisobidan 45 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Musobaqalar o‘tgan binolarda fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga oid fotosuratlar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Shuningdek, mahallada tashkil etilgan to‘garaklarga qatnashayotgan yoshlarning ijod namunalari hamda oilaviy tadbirkorlik va milliy hunarmandchilik mahsulotlari namoyish qilindi.


Manba: Bekzod ShONAZAROV, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi / Ko'rishlar: 995

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech