Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2019 yilning may oyida tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi

 

Q  A  R  O  R     Q  I  L  A  D  I :

 

1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2019 yilning may oyida o‘tkazilsin.

2. Navbatdagi saylovda 9 019 nafar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

2019 yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi bo‘yicha saylov byulleteni namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga:

2019 yilning 1 martiga qadar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni tuzish;

har bir deputatga o‘z saylov okrugida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni tashkil etishda faol qatnashish tavsiya etilsin.

5. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi a’zolari joylarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalariga amaliy yordam ko‘rsatsin.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish, zarurat bo‘lganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligiga fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etsin.

10. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirsin hamda 2019 yil 10 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot bersin.

11. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari S.Artikova zimmasiga yuklatilsin.

12. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi

N. Yo‘ldoshev

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Kengashining
2019 yil 15 fevraldagi
KQ-507-III-sonli Qaroriga
1-ilova

 

 

 

 

 

2019 yilning may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
TADBIRLAR REJASI

 

 

Tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiIjrochi
I. Tayyorgarlik bosqichi
(fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar)
1.Respublika komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish, komissiya a’zolarini hududlarga biriktirish hamda ularning vazifalarini belgilash1. Respublika komissiyasi a’zolari yig‘ilishini o‘tkazish.
2. Respublika komissiyasi a’zolarini hududlarga biriktirish.
3. Respublika komissiya a’zolariga vazifalar taqsimotini ishlab chiqish.
2019 yil
17 fevralgacha
Oliy Majlis Senatining Kengashi,
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi
2.O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini mahallalar miqyosida tushuntirish1. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini mahallalarda tushuntirish maqsadida alohida reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Huquqshunos va soha mutaxassislari tomonidan reja-jadval asosida mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish.
2019 yil
25 fevralgacha
Oliy Majlis Senatining a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, TDYuU
3.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tavsiyalar va namunaviy hujjatlarning elektron to‘plamini tayyorlash1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tavsiyalar va namunaviy hujjatlarning elektron to‘plami loyihasini tayyorlash.
2. Tavsiyalar va namunaviy hujjatlar to‘plami loyihasini manfaatdor idora va tashkilotlar bilan kelishish.
3. Kelishilgan tavsiyalar, namunaviy hujjatlarning elektron to‘plamini i Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlariga (keyingi matnlarda - Ishchi guruhlar) yetkazish.
2019 yil
1 martgacha
Respublika komissiyasi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
4.“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, aholini saylov jarayonlarida faolligini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar hamda maqolalar tayyorlash1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar stsenariysini ishlab chiqish.
3. Tayyorlangan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, ijtimoiy roliklar va maqolalarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.
2019 yil
1 martgacha


Media-reja bo‘yicha
MTRK, EOAVMA, O‘zA, Respublika komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
5.Hududlar, fuqarolar yig‘inlari kesimida saylov yoshiga to‘lgan fuqarolarning umumiy ro‘yxatini shakllantirish1. Hududlar, fuqarolar yig‘inlari kesimida saylov yoshiga to‘lgan fuqarolarning umumiy soni va ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuborish.
2. Saylov yoshiga to‘lgan fuqarolarning umumiy soni bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish.
2019 yil
1 martgacha
Respublika komissiyasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarini tuzish, komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazish1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarini tuzish.
2. Komissiya a’zolari yig‘ilishini o‘tkazish va vazifalarini belgilash.
3. Komissiya a’zolarini tuman (shahar)larga biriktirish.
2019 yil
1 martgacha
Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
7.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalarini tuzish, komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazish1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalarini tuzish.
2. Komissiya yig‘ilishini o‘tkazish va unda quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish: - komissiya ish rejasini tasdiqlash;
- komissiya a’zolarini mahallalarga biriktirish;
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini fuqarolar yig‘ini yig‘ilishi shaklida hamda fuqarolarning vakillari yig‘ilishi shaklida o‘tkazishni ko‘rib chiqish;
- saylov yoshiga to‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizi miqdorida fuqarolar yig‘inlari kesimida vakillik normasini belgilash;
- Ishchi guruhlarni tuzish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ni o‘tkazish jadvalini tasdiqlash;
- Ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib olish muddati va tartibini belgilash kabi boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
2019 yil
1 martgacha
Oliy Majlis Senatining Kengashi, Respublika komissiyasi, Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari
8.Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi shaklida saylov o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘inlarini aniqlab olishFuqarolarning vakillari yig‘ilishi shaklida o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari ro‘yxatini shakllantirish va sonini aniqlash.2019 yil
1 martgacha
Respublika komissiyasi, Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari
9.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkaziladigan manzil va ob'yektlarni aniqlashtirish va ro‘yxatini shakllantirish1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkaziladigan manzil va ob'yektlarni aniqlashtirish.
2. Tuman (shahar), fuqarolar yig‘inlari kesimida saylov o‘tkaziladigan manzil va ob'yektlar ro‘yxatini shakllantirish.
2019 yil
1 martgacha
Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish uchun ovoz berish kabinalari, qutilar va kerakli anjomlar bilan ta’minlashTuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish uchun zarur miqdorda ovoz berish kabinalari, qutilar va kerakli anjomlar bilan ta’minlash.2019 yil
3 martgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi
11.Ishchi guruhlarini tuzish yuzasidan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ni o‘tkazish1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ni chaqirish to‘g‘risida kengash qarorini qabul qilish.
2. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ni o‘tkazish va unda quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish:
- Ishchi guruhini tuzish va tarkibini tasdiqlash;
- fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari belgilagan vakillik normasi asosida saylov yoshiga to‘lgan fuqarolarning umumiy sonining o‘n ikki foizidan kam bo‘lmagan miqdorida mavjud ko‘chalar va uylarga taqsimlash;
- Ishchi guruh a’zolarini hududdagi hovlilar, uylar, ko‘chalarga biriktirish hamda fuqarolar vakillarini saylash bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish jadvalini tasdiqlash;
- fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida hududdagi mavjud hovlilar, uylar, ko‘chalarga taqsimlash;
- saylov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyini belgilash;
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kabi boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
2019 yil
22 fevralgacha 


2019 yil
5 martgacha
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari, shaharcha, qishloq, ovul hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari
12.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni va ishchi guruhlarini “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun matnlari, qonun osti hujjatlari kiritilgan to‘plam bilan ta’minlash1. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni va ishchi guruhlarini “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun matnlari, qonun osti hujjatlari kiritilgan to‘plamni tayyorlash.
2. To‘plamni chop etish va hududlardagi ko‘maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlariga yetkazish.
2019 yil
5 martgacha
Respublika komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi
13.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari hamda Ishchi guruhlar a’zolari uchun seminar-treninglar o‘tkazish1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari hamda Ishchi guruhlar ishini tashkil etish o‘quv dasturini tayyorlash va tasdiqlash.
2. Jadvalga muvofiq hududiy seminar-treninglar tashkil etish va o‘tkazish.
2019 yil
5 martgacha


2019 yil
20 martgacha
Respublika komissiyasi, Oliy Majlis Senatining a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
14.Saylov byulletenlarining namunalari va shakllarini tasdiqlash hamda saylov byulletenlarini fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlash1. Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan saylov byulletenlarining namunalari va shakllarini tasdiqlash.
2. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan saylov byulletenlarini ehtiyojdan kelib chiqib belgilangan tartibda chop etish.
3. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan saylov byulletenlarini fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlash.
2019 yil
17 fevralgacha 

2019 yil
25 aprelgacha 

Saylov kunidan kamida 5 kun oldin
Oliy Majlis Senatining Kengashi 

Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari
II. Asosiy bosqich
(fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish, saylov yakunlarini chiqarish, OAVda e’lon qilish)
15.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish1. Ishchi guruhi tomonidan tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar va ularning hujjatlarini tayyorlash.
2. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligini ilova qilgan holda ularning hujjatlarini tuman (shahar) hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga taqdim etish.,br> 3. Tuman (shahar) hokimi tomonidan uch kun muddatda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqib, o‘zining asoslantirilgan xulosalarini ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyaga yuborish.
4. Tegishli komissiya tomonidan bir kun muddatda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘yicha tuman (shahar) hokimining asoslantirilgan xulosalarini ishchi guruhlariga yetkazish.
2019 yil
31 martgacha 


Saylovdan kamida o‘n kun oldin
Ishchi guruhlar,
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari
16.Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yish hamda veb-saytlarga joylashtirish
1. Tegishli hududda yashovchi fuqarolarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish kuni, vaqti va joyi haqida xabar berish.
2. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yish.
3. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to‘g‘risidagi axborotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.
Saylovdan kamida besh kun oldinFuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman va shahar komissiyalari, Ishchi guruhlar
17.Tuman va shaharlarda fuqarolar yig‘inlari kesimida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish jadvalini tayyorlash1. Ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlarida saylov o‘tkazish kuni, vaqti, joyi haqidagi ma’lumotlarni olish va umumlashtirish.
2. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan fuqarolar yig‘inlari kesimida saylovni o‘tkazish jadvalini tasdiqlash.
2019 yil
20 aprelgacha 

2019 yil
25 aprelgacha
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman va shahar komissiyalari, Ishchi guruhlar
18.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazishSaylovni yashirin ovoz berish orqali o‘tkazish.Jadvalga muvofiqIshchi guruhlar,
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman va shahar komissiyalari
19.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovini o‘tkazishQonunda belgilangan hollarda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovini o‘tkazish.Saylov o‘tkazilgan kundan keyin 1 oy muddatdaIshchi guruhlar,
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman va shahar komissiyalari
20.Respublika komissiyasiga axborot taqdim etib borish, shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish1. Saylov jarayoni to‘g‘risida Respublika komissiyasiga axborot berib borish.
2. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish.
Har haftada 
Saylov yakunlari bo‘yicha
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari
21.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovining yakunlarini chiqarish, ularni umumlashtirish, ko‘rib chiqish va keng jamoatchilikka yetkazish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etish1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tomonidan saylov yakunlarini chiqarish.
2. Saylov yakunlari to‘g‘risida axborotni Respublika komissiyasiga taqdim etish.
3. Respublika komissiyasi tomonidan saylov yakunlarini umumlashtirish va ko‘rib chiqish.
2019 yil 5 iyungacha 

2019 yil 8 iyungacha
Respublika komissiyasi,
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar komissiyalari
22.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi yakunlarini jamoatchilikka yetkazish1. Saylov yakunlari bo‘yicha jurnalistlar uchun brifing tashkil etish.
2. Saylov yakunlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
2019 yil
15 iyungacha
Respublika komissiyasi,
MTRK, EOAVMA, O‘zA
23.Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tadigan ob'yektlarda xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish jadvaliga muvofiq saylov o‘tadigan ob'yektlarida xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash.
2. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish jadvaliga muvofiq saylov o‘tadigan ob'yektlarida tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish.
Saylovni o‘tkazish jadvaliga muvofiqIchki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
III. Saylovdan keyingi bosqich
(fuqarolar yig‘ini organlarini shakllantirish, raislarini o‘qitish, ularning innovatsion va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirish)
24.Fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantirish, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash1. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ni o‘tkazish.
2. Fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantirish.
3. Yig‘in faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylash.
Saylov natijalari bo‘yicha 1 oy davomidaFuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika va hududiy kengashlari, shaharcha, qishloq, ovul hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari
25.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashkiliy-huquqiy asoslari, raislarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish1. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni mahalla faoliyatiga oid bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar dasturini ishlab chiqish.
2. Hududlarda o‘quv-seminarlarini alohida reja asosida tashkil etish va o‘tkazish.
2019 yil
15 iyungacha 

2019 yil
1 iyulgacha
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv uslubiy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
26.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ni innovatsion bilimlarini oshirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish1. Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) uchun o‘quv dasturini ishlab chiqish.
2. Hududlar kesimida seminar-treninglar o‘tkazish jadvallarini tasdiqlash.
3. O‘quv mashg‘ulotlarini alohida reja asosida tashkil etish va o‘tkazish.
2019 yil
30 iyungacha 

2019 yil
20 iyulgacha
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv uslubiy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
27.Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ni axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirish1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) uchun o‘quv dasturini ishlab chiqish.
2. Hududlar kesimida seminar-treninglar o‘tkazish jadvallarini tasdiqlash.
3. O‘quv mashg‘ulotlarini alohida reja asosida tashkil etish va o‘tkazish.
2019 yil
20 iyulgacha

2019 yil
20 avgustgacha
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv uslubiy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

 

  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Kengashining
2019 yil 15 fevraldagi KQ-507-III-sonli Qaroriga
2-ilova

  

 

 

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi
T A R K I B I

  

Komissiya raisi
1.Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
Komissiya raisining o‘rinbosarlari
2.Artikova Svetlana Baymirzayevna-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari
3.Javlonov Shavkat Sardorovich-Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari
Komissiya a’zolari
4.Matmuratov Botir Djoldasovich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi
5.Saidov Akmal Xolmatovich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi (kelishuvga ko‘ra)
6.Madumarov Tolibjon Abdumalikovich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
7.Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi, senator (kelishuvga ko‘ra)
8.Narbayeva Tanzila Kamalovna-O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (kelishuvga ko‘ra)
9.Saliyev Olim Adilovich-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari (kelishuvga ko‘ra)
10.Kurbankulov Suyarjon Masharifovich-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi
11.Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator
12.Artikxodjayev Jaxongir Abidovich-Toshkent shahar hokimi, senator
13.Azizov Xudoyqul Tojiyevich-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori (kelishuvga ko‘ra)
14.Tashkulov Akbar Djurabayevich-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari
15.Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich-O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
16.Xadjayev Alisher Djurakulovich-O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi
17.Kamilov Rustam Tuychiyevich-Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori (kelishuvga ko‘ra)
18.Rafikov Kudratilla Mirsagatovich-O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
19.Djalilov Shuxrat Ilxamovich-O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi
20.Yusupov Said-Abdulaziz Kamoliddinovich-O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi
21.Kadirov Alisher Keldiyevich-Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
22.Maxbubov Dilshod Muminovich-Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari
23.Boboyev Abdurahmon Boboyevich-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Tashkiliy-nazorat bo‘limi mudiri o‘rinbosari - komissiya mas’ul kotibi

  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Kengashining
2019 yil 15 fevraldagi
KQ-507-III-sonli Qaroriga
3-ilova

 

NAMUNA

  

Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘yicha
SAYLOV BYuLLETENI

  

2019 yil ___ may

 

Rasm uchun joyFuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yiliO‘zingiz yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bo‘sh katakka “+”, “✔”, yoxud “x”, belgilaridan birini qo‘ying
 ABDULLAYEV TOHIR SAMADOVICh, 1965 yilda tug‘ilgan 
 BURXONOV NODIRBEK QOSIMOVICh, 1960 yilda tug‘ilgan 
 JURAYEV BOTIRJON ZARIPOVICh, 1963 yilda tug‘ilgan 
 MURODOV ABDULLA AZIMOVICh, 1970 yilda tug‘ilgan 

Файл
Ro’yxatdan o’tish muddati: 15.02.2019 y.
Raqam: KQ-507-III
Yuklab olish
Hajmi: 5.90 MB




 
Kommentariylar (0)
Kommentariylar yo’q
Faqatgina ro’yxatga olingan foydalanubchilar izoh qoldirishlari mumkin.
Kiring , marhamat.

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech