Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Respublika mahallalar kengashi “Ishonch telefoni” (+99871) 232-17-58


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi
tizimidagi tashkilotlarning “Ishonch telefon”lariga murojaat etish


TARTIBI

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tizimidagi tashkilotlarda 2017 yil iyul oyidan boshlab “Ishonch telefonlari” joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda 1 ta Respublika kengashi va 14 ta hududiy kengashlarida “Ishonch telefonlari” mavjud.

“Ishonch telefoni” xizmatlari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasida tashkil etilgan.

Respublika va hududiy kengashlarning “Ishonch telefoni”ga yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 iyuldagi 562-son Qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida belgilanadi.

Respublika va hududiy kengashlarning “Ishonch telefonlari”ga haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar qo‘ng‘iroq qilib, murojaat yoki savol yo‘llash mumkin. Murojaat va savollarga Respublika kengashi yuriskonsulti va hududiy kengashlarning mas’ul xodimlari javob beradi.

Hududiy kengash nomi Ishonch telefon raqami
1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi +998 (61) 222-05-26
2 Andijon viloyati +998 (74) 223-21-55
3 Buxoro viloyati +998 (65) 223-11-54
4 Jizzax viloyati +998 (72) 226-33-31
5 Navoiy viloyati +998 (79) 224-18-07
6 Namangan viloyati +998 (69) 227-17-92
7 Samarqand viloyati +998 (66) 210-18-00
8 Sirdaryo viloyati +998 (67) 225-40-63
9 Surxondaryo viloyati +998 (67) 225-40-63
10 Toshkent viloyati +998 (71) 233-15-86
11 Farg‘ona viloyati +998 (73) 244-22-77
12 Xorazm viloyati +998 (62) 228-45-15
13 Qashqadaryo viloyati +998 (75) 221-20-66
14 Toshkent shahar +998 (71) 236-22-84
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech