Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Respublika kengashining asosiy maqsadi – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish.

Quyidagilar respublika kengashining vazifalari hisoblanadi:


    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatiga rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish;
    • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;
    • jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;
    • yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;
    • jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
    • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash;
    • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
    • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
    • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
    • oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borish, tahlil qilish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
    • hududiy kengashlarda, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida munosib kadrlarning faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash, malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    • fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda hududiy kengashlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini ko‘rish;
    • hududiy kengashlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlash
    • va bu borada aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
    • hududiy kengashlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    • Ustav doirasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ular bilan hamkorlikda qo‘shma dastur hamda loyihalarni ishlab chiqish va ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish.

      So'rov

      Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
      Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech