Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Parpiyev Botir Raxmatovich
Fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengash raisining keksalar va faxriy masalalari bo'yicha o'rinbosari
Telefon:
+998 71 236 37 66
Faks:
+998 71 236 23 52
Elektron pochta: info@rmk.uz

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;

Respublika kengashi ijro apparatining fuqarolar yig‘inlarida keksalar va fahriylar bilan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limiga rahbarlik qiladi;

hududiy kengashlar raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda rahbarlik qiladi;

fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha va jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi;

fuqarolar yig‘inlari huzuridagi «Nuroniylar jamoatchilik kengashlari» faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Respublika kengashi tuzilmalarida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Respublika kengashi qarorlari ijrosi yuzasidan axborot almashuvi va nazorat ishlarini amalga oshirishni takomillashtirishning uslubiy asoslarini yaratish va amaliyotga joriy qilishni ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari bayonlarida belgilangan faoliyat yo‘nalishlariga oid bandlar ijrosini ta’minlaydi;

Respublika kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturida faoliyat yo‘nalishiga doir belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirilishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;

Respublika kengashi Ustaviga qat’iy rioya etgan holda tasdiqlangan vazifalar taqsimoti ijrosini nazoratni amalga oshiradi;

Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislariga ma’lumot tayyorlaydi;

har chorakda Respublika kengashi ish rejasiga asosan faoliyat yo‘nalishiga doir hisobotlar tayyorlanishini ta’minlaydi, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan hududiy bo‘limlar hisobotlari asosida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etib borilishini ta’minlaydi;

faoliyat yo‘nalishiga doir axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Respublika va hududiy kengashlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;

faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Respublika, hududiy va tuman (shahar)lar kengashlari va fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qilinishini va ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha kengashning hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar va respublika kengashi yig‘ilishlariga kiritib boradi, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;

mahallalarda tomorqa imkoniyatlaridan foydalanish, dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, chorva mollari, parrandachilikni rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, monitoringini yo‘lga qo‘yishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi;

faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha hududiy va tuman (shahar) kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi;

sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni chiqarishga mas’ul hisoblanadi;

faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ma’sul xodimlarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi;

konferensiyalar, seminarlar, respublika kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar kiritadi;

faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Respublika va hududiy kengashlar Ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarning to‘laqonli bajarilishini, yillik ish rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan monitoringini yuritadi.

o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisiga taklif kiritadi;

faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib kengashning hududiy kengashlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlanishini tashkillashtiradi;

yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;

Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy kengashlarning ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

a) fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni
va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi
va ko‘makdoshiga aylantirish yo‘nalishida:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mahall institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

mahallalarda va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borishga qaratilgan tadbirlarini tashkillashtiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek muammolarning bartaraf etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratining izchil amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hududiy kengashlarda, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida munosib kadrlarning faoliyat ko‘rsatishlari, ularning malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;

mahalla institutining joylarda xalqning maslakdoshi va ko‘makdoshiga, «adolat tarozisi»ga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

b) Jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;

mahallalarda ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengashlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan oilalar a’zolari va aholi o‘rtasida profilaktik ishlarini olib borishda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy, uslubiy yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

oilalarning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;

to‘y-hasham va boshqa marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlari tomonidan ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

v) Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishida:

yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va uni amaliyotga tadbiq etilishini tashkil etadi;

umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlaydi;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan
oilalar, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ular ijrosini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillari, shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarini tartibga keltirish, ular holidan xabar olish tadbirlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosida o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi.

g) jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida:

mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;

fuqarolar yig‘inlarining jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning qonunga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi, shuningdek, sayyor sudlar o‘tkazilishi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar bilan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirishga ko‘maklashadi;

fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda hududiy kengashlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini belgilaydi, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladi.

d) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy binolar bilan ta’minlanishini tashkillashtiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;

Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishni ta’minlaydi;

fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi
va amalga oshiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.



1969-1969 yy. - Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandisi
1969-1970 yy. - Harbiy xizmatda
1970-1971 yy. - Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi
1971-1972 yy. - Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi
1972-1983 yy. - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi davlat avtomobillar nazorati bo‘limi katta muhandisi, davlat avtomobillar nazorati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, davlat avtomobillar nazorati bo‘limi boshlig‘i
1983-1989 yy. - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
1989-1993 yy. - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
1993-1993 yy. - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi
1993-1994 yy. - O’zbekiston Respublikasi JTSX Jinoyatchilikni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i
1994-2002 yy. - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari
2002-2002 yy. - O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
2002-2004 yy. - O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
2004-2018 yy. - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
2018 y. - h.v.   - Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining keksalar va faxriy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari



Du
Se
Cho
10:00 - 12:00
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech