Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ruziyev Zafar Rayimovich
Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengash raisining tashkiliy ishlari va uslubiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon:
+998 71 232 17 31
Faks:
+998 71 236 23 52
Elektron pochta: info@rmk.uz

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;

Respublika va hududiy kengashlar ijro apparati, tasarrufidagi tashkilotlar hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Respublika va hududiy kengashlar ijro apparatining Tashkiliy-uslubiy, Axborot-tahlil va statistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ular ishini muvofiqlashtiradi;

fuqarolar yig‘inlari taftish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalari faoliyatiga shuningdek, fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibiga yig‘inda ish yuritishni tashkil etish, mahalla faoliyati yuzasidan umumiy hisobotlar va statistik ma’lumotlar hamda AKT masalalari bo‘yicha faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi;

fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi, monitoringini yuritadi hamda mazkur yo‘nalishda hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilish) va yig‘in kengashi yig‘ilishlarini belgilangan tartibda o‘tkazilishi bo‘yicha tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi;

fuqarolar yig‘inlarida yagona ichki me’yoriy hujjatlar yuritish, fuqarolar yig‘inlari faoliyatida AKTni joriy etish va uni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

fuqarolar yig‘inlari faoliyati yuzasidan hisobotlar va statistik ma’lumotlar shakllarni ishlab chiqadi va joriy etadi hamda ular faoliyatini tahlil etib boradi;

fuqarolar yig‘inlarida tashkiliy va kadrlarga oid jumladan, fuqarolar yig‘inlari xodimlarini hisobini yuritish, kadrlar zahirasini shakllantirish va bo‘sh (vakant) lavozimlarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish, ularning malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini ko‘radi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazishda hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi hamda mazkur yo‘nalishda ular faoliyatni muvofiqlashtiradi;

Respublika kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirilishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;

har chorakda Respublika kengashi ish rejasiga asosan hisobotlar tayyorlanishini, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan hududiy bo‘limlar hisobotlari asosida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot taqdim etib borilishini ta’minlaydi;

axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Respublika va hududiy kengashlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik
va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;

Respublika, hududiy va tuman (shahar)lar kengashlari va fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qilinishini va ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

hududiy va tuman (shahar) kengashlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish ishlarini muvofiqlashtiradi;

hududiy, tuman (shahar) kengashlari va fuqarolar yig‘inlarining ish faoliyatini o‘rganib borish, tahlil qilish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;

hududiy va tuman (shahar) kengashlari ijro apparati xodimlari faoliyati ustidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi;

Respublika kengashi bilan hududiy, tuman (shahar) kengashlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mexanizmlarini takomillashtirish, ish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

faoliyat yo‘nalishiga doir hisobotlar tayyorlash tartibini ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishini tashkillashtiradi, quyi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringlar tashkil etish va ijro nazoratini ta’minlash, namunali ish natijalarini ommalashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash va fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, dastur va rejalar ijrosini nazorat qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

hududiy, tuman (shahar) kengashlarida va fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish tizimini, hujjatlar bilan ishlash, ijro nazoratini ta’minlashda ko‘maklashadi, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish va namunali ish natijalarini amalda qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;

hududiy va tuman (shahar) kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Kadrlar faoliyati samaradorligini o‘rganib boradi va uning natijasi bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlaydi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy, tuman (shahar) kengashlari faoliyatini tashkil etadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlari majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Respublika kengashi faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va h. k.) shakllantirilishini nazorat qiladi;

hududiy, tuman (shahar) kengashlari va fuqarolar yig‘inlari faoliyatini,
ish yuritish tizimini tashkil etish, rejalashtirish va hujjatlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

Respublika kengashi hamda kengash ijro apparati yig‘ilishlarini bayonlashtirib borish va yig‘ilishlarda berilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;

Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlari ijro apparati xodimlari xizmat vazifalari taqsimotini ishlab chiqishda ishtirok etadi
va joylarga yetkazishni ta’minlaydi;

faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qilib, umumlashtirilishini ta’minlaydi, natijalari bo‘yicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlashni nazorat qiladi;

Respublika va hududiy kengashlar Ustavlarida belgilangan maqsad
va vazifalarning to‘laqonli bajarilishini, yillik ish rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan monitoringini yuritadi.

faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i va xodimlarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi, ularning ish faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi, o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisiga taklif kiritadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi
va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

Respublika kengashi, hududiy va tuman (shahar) kengashlarida konferensiyalar, seminarlar va boshqa yig‘ilishlarni tashkillashtiradi;

faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib hududiy tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

fuqarolar yig‘inlari kengashlari, ular huzuridagi komissiyalar faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

fuqarolar yig‘inlariga hududiy kengashlar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy-uslubiy yordamlarini takomillashtiradi va natijalarini monitoring qiladi;

fuqarolar yig‘inlari xodimlarining ma’lumotnoma (ob’ektivka) bazasini shakllantirishga ko‘maklashadi;

mahalliy davlat hokimiyat va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosda o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Respublikadagi mavjud fuqarolar yig‘inlarining faoliyatini rivojlantirishga tashkiliy va amaliy ko‘maklashadi, ular faoliyatining tahlili asosida ilg‘or tajribalarni ommalashtiradi;

fuqarolar yig‘inlari manfaatlarini qonun asosida himoya qiladi, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi;

davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga ko‘maklashadi;

fuqarolar yig‘inlari xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi;

fuqarolar yig‘inlari mas’ul xodimlarini «Mahalla» axborot tizimida ishlash va ma’lumotlar kiritish bo‘yicha nazariy o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar o‘quv seminarlarini tashkil etadi;

Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlarida hamda fuqarolar yig‘inlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ular faoliyatini chuqur tahlil etgan holda respublika kengashi boshqaruviga takliflar kiritadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlarida hamda fuqarolar yig‘inlarida, shuningdek, boshqa idora va tashkilotlar bilan o‘zaro elektron hujjat almashuvini takomillashtirish hamda integratsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan yangi loyihalar bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruviga takliflar kiritadi;

Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlarida hamda fuqarolar yig‘inlarini yagona bir tarmoqqa birlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan ko‘p bosqichli himoyalangan korporativ tarmoq, korporativ elektron hujjat almashuv tizimini yo‘lga qo‘yish, korporativ elektron pochta va korporativ portalni tizimli tashkil etish va takomillashtirishni amalga oshiradi;

Respublika va hududiy kengashlarda himoyalangan korporativ tarmog‘ini uzluksiz ishlashi va texnik nazoratini ta’minlashni amalga oshiradi;

Respublika kengashining internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda ma’lumotlarni joylashtirib borilishini nazorat qiladi va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;

Respublika kengashining elektron pochta tizimini uzluksiz ishlashini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;

sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy kengashlarning ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

a) fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni
va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi
va ko‘makdoshiga aylantirish yo‘nalishida:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

mahallalarda va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borishga qaratilgan tadbirlarini tashkillashtiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek muammolarning bartaraf etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratining izchil amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hududiy kengashlarda, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida munosib kadrlarning faoliyat ko‘rsatishlari, ularning malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;

mahalla institutining joylarda xalqning maslakdoshi va ko‘makdoshiga, «adolat tarozisi»ga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

b) Jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;

mahallalarda ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengashlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan oilalar a’zolari va aholi o‘rtasida profilaktik ishlarini olib borishda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy, uslubiy yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

oilalarning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;

to‘y-hasham va boshqa marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlari tomonidan ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

v) Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishida:

yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va uni amaliyotga tadbiq etilishini tashkil etadi;

umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlaydi;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan
oilalar, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ular ijrosini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillari, shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarini tartibga keltirish, ular holidan xabar olish tadbirlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosida o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi.

g) jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida:

mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;

fuqarolar yig‘inlarining jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning qonunga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi, shuningdek, sayyor sudlar o‘tkazilishi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar bilan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirishga ko‘maklashadi;

fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda hududiy kengashlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini belgilaydi, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladi.

d) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy binolar bilan ta’minlanishini tashkillashtiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;

Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishni ta’minlaydi;

fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi
va amalga oshiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.



2002-2008 yillarda O’zbekiston Milliy universitetining bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan.

2008-2011 yillarda O’zbekiston Milliy universiteti «Konstitutsiyaviy huquq» kafedrasi aspiranti, tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2011-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yetakchi ilmiy xodimi, bosh ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning iyul oyigacha O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot, davlat va jamoat hamda diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2017 yildan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

Yuridik fanlari doktori, dotsent.



Du
10:00 - 12:00
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech