Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Javlonov Shavkat Sardorovich
Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisi
Telefon:
+99871 236 37 90
Faks:
+998 71 236 23 52
Elektron pochta: info@rmk.uz

Respublika kengashi ijro apparati hamda Respublika kengashi tasarrufida bo‘lgan tuzilmalar faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruviga raislik qiladi.

Respublika kengashi konferensiyalari va kengash majlislari oralig‘ida Respublika kengashi boshqaruviga raislik qiladi hamda respublika kengashi ijro apparati faoliyatini boshqaradi hamda Respublika kengashi raisi nomidan barcha hujjatlarni imzolaydi;

Respublika kengashi va boshqaruvi a’zolarining hamda Respublika kengashi ijro apparati xodimlarining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

Davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va chet el tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda kengash nomidan ish ko‘radi;

Yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi;

Respublika kengashi ijro apparati, viloyat, tuman va shahar kengashlari hamda «Mahalla» fondi va uning tuzilmalari shuningdek, «Mahalla ziyosi» respublika o‘quv-uslubiy markazi, «Mahalla» gazetasi, «Mahalla muruvvati» ma’suliyati cheklangan jamiyati faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;

Respublika kengashi konferensiyasi va kengash qarorlari va boshqaruvi hamda taftish komissiyasi qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qiladi;

Respublika kengashi ish rejasining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Respublika kengashining yillik xarajatlar smetasi, yillik balansi va moliyaviy hisoboti o‘z vaqtida belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlaydi;

Respublika kengashining yillik daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallarini Respublika kengashi boshqaruvi a’zolari bilan kelishilgan tartibda tasdiqlaydi;

Respublika kengashi boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan Respublika kengashining pul mablag‘lari va mol-mulkidan foydalanadi hamda uni tasarruf etadi;

Respublika kengashining bank va moliyaviy hujjatlariga birinchi imzo qo‘yyadi;

Respublika kengashi majlislari kun tartibini belgilash, chaqirish va o‘tkazilishi bo‘yicha Respublika kengashi raisiga takliflar kiritadi;

Respublika kengashi raisi uzrli sabablarga ko‘ra, bo‘lmagan taqdirda Respublika kengashi majlislarini boshqaradi;

Respublika kengashi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalarning mohiyatiga ko‘ra, tegishli hududdagi davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, hududiy kengashlar rahbar xodimlarini hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarini taklif etadi;

Respublika kengashi qarorlarining tegishli davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, hududiy kengashlar, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishini tashkil etadi;

Amaldagi qonunchilikka muvofiq Respublika kengashining ichki mehnat tartib-qoidalari, jamoa shartnomasi va vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi;

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, hududiy kengashlar va Respublika kengashi ijro apparati xodimlari orasidan davlat mukofotlariga tavsiya etadi;

“Mahalla iftixori” ko‘krak nishoniga nomzodlarni ko‘rsatish hamda boshqa rag‘batlantirishlarni amalga oshiradi;

Respublika kengashi boshqaruvi faoliyatiga doir qaror, farmoyish, buyruq va qo‘shma qarorlarni imzolaydi;

Respublika kengashi ijro apparati xodimlari, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari va Kengash kotibi (tashkiliy-uslubiy sho‘‘balar mudirlari) hamda tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi va bekor qiladi;

Mehnat intizomini buzgan Respublika kengashi ijro apparati xodimlari, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari va Kengash kotibi (tashkiliy-uslubiy sho‘‘balar mudirlari) hamda tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlariga intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;

xodimlarning ish tartibi va dam olishini yo‘lga qo‘yadi, amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq ularni ijtimoiy muhofaza qiladi;

xodimlarning uy-joy, maishiy sog‘lomlashtirish kabi masalalarini hal qiladi;

Respublika kengashi tomonidan yuklatilgan boshqa vakolatlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

a) Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni
va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi
va ko‘makdoshiga aylantirish yo‘nalishida:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

mahallalarda va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borishga qaratilgan tadbirlarini tashkillashtiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek muammolarning bartaraf etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratining izchil amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hududiy kengashlarda, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida munosib kadrlarning faoliyat ko‘rsatishlari, ularning malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;

mahalla institutining joylarda xalqning maslakdoshi va ko‘makdoshiga, «adolat tarozisi»ga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

b) Jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;

mahallalarda ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kengashlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;

mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan oilalar a’zolari va aholi o‘rtasida profilaktik ishlarini olib borishda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy, uslubiy yordamlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

oilalarning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;

to‘y-hasham va boshqa marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlari tomonidan ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

v) Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishida:

yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va uni amaliyotga tadbiq etilishini tashkil etadi;

umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlaydi;

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan
oilalar, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ular ijrosini ta’minlaydi;

keksa avlod vakillari, shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarini tartibga keltirish, ular holidan xabar olish tadbirlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosida o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi.

g) Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida:

mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;

fuqarolar yig‘inlarining jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning qonunga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi, shuningdek, sayyor sudlar o‘tkazilishi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar bilan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirishga ko‘maklashadi;

fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda hududiy kengashlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini belgilaydi, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladi.

d) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida:

fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etadi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy binolar bilan ta’minlanishini tashkillashtiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;

Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishni ta’minlaydi;

fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi
va amalga oshiradi;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.



Mehnat faoliyatini 1988 yil 1-sonli Toshkent industrial-pedagogika texnikumining ishlab chiqarish ustasi lavozimidan boshlagan.

1991-2000 yillarda Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi yoshlar tashkiloti ikkinchi kotibi lavozimidan O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg‘armasi Mirobod tumani bo‘linmasi raisi lavozimigacha bo‘lgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajargan.

2000-2005 yillarda Yashnobod tumani hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari,
2005-2009 yillarda Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2009-2013 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari,O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori, Buxoro viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2013-2017 yillarda Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi rrespublika boshqaruvi raisi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.



Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
10:00 - 12:00
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech