Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati yuriskonsulti
Ganibayev Aybek Bazarbayevich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 232-17-58
Elektron manzil:
a.ganibaev@rmk.uz


Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Respublika va hududiy kengashlar ijro apparati, tasarrufidagi tashkilotlar hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, takliflar ishlab chiqish hamda amaldagi qonunchilikka mosligini o‘rganib xulosalar beradi;
Respublika va hududiy kengashlar ijro apparati, tasarrufidagi tashkilotlar rahbar va xodimlarining faoliyatiga oid qaror, farmoyish va buyruqlar hamda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishda O’zbekiston Respublikasining qonunlari talablariga mosligini ko‘rib chiqadi;
qo‘shma qarorlarni rasmiylashtiradi va hisobini yuritadi.
xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma va bildirishnomalarni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan tegishli sudlarga da’vo ariza kiritadi va Respublika kengashi manfaatini himoya qiladi;
Respublika va hududiy kengashlar ijro apparati, tasarrufidagi tashkilotlar va fuqarolar yig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq savollarga huquqiy maslahatlar beradi;
Respublika kengashi bilan tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari va boshqa hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi bo‘yicha xulosa beradi;
Respublika kengashi faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy kengashlarga kuratorlikni amalga oshiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 69.12 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech