Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati xalqaro aloqalar guruhi
Vakant

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba 
Telefon:
998 71 236-37-90
Elektron manzil:
info@rmk.uz

Xizmat vazifasi:
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yuritadi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror
va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Respublika kengashi boshqaruv qaror, farmoyish va buyruqlari ijrosini ta’minlaydi;
Respublika, hududiy va tuman (shahar)lar kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek ular faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni xorijiy davlatlarda ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi va Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosariga axborot taqdim etadi;
mahalla institutini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi materiallarni xorijiy davlatlarning bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
mahallaning dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan noyob institut ekanligini xalqaro miqyosida targ‘ib etishda ishtirok etadi;
xorijiy ekspertlarni yurtimizdagi mahalla instituti haqida hamda uning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini saqlashida muhim o‘rin tutishini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirishda ishtirok etadi;
o‘z faoliyat yo‘nalishi doirasida O’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
mahalla instituti faoliyati to‘g‘risida qiziqish uyg‘otgan xorijiy davlatlar vakillarining Respublika kengashi boshqaruvi raisi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, uchrashuvga ma’lumot va taqdimotlar tayyorlaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni tajriba almashish uchun xorijiy davlatlarga yuborish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tegishli xat, ariza va shikoyatlarni o‘rganadi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘limlarga umumiy kuratorlikni amalga oshiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 69.01 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech