Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparatining tashkiliy, uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Karshiyev Elmurod Axmedovich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 232-17-31
Elektron manzil:
e.qarshiev@rmk.uz


Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini yuzasidan axborot almashuvi va nazorat ishlarini takomillashtirishning uslubiy asoslarini yaratish va amalga joriy qilishni ta’minlaydi ta’minlaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirsh bo‘yicha respublika kengashining yig‘ilish bayonlarini yuritadi;
Respublika kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni tuzishda ishtirok etadi;
har chorakda Respublika kengashi ish rejasiga asosan hisobotlar tayyorlash, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan hududiy bo‘limlar hisobotlari asosida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berib boradi;
Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlarida ish yuritish tizimini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi, fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi nazoratini ta’minlashda ko‘maklashadi, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish va namunali ish natijalarini amalda qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy, tuman (shahar) kengashlari faoliyatini tashkil etish, kengash ijro apparatida ish yuritish, hujjatlarni saqlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlari majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
Respublika kengashi faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va h. k.) shakllantiradi;
Respublika kengashi hamda kengash ijro apparati yig‘ilishlarda berilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazishda hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi hamda mazkur yo‘nalishda ular faoliyatni muvofiqlashtiradi;
fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi, monitoringini yuritadi hamda mazkur yo‘nalishda hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Respublika, hududiy, tuman (shahar) kengashlari ijro apparati xodimlari xizmat vazifalari taqsimotini ishlab chiqishda ishtirok etadi
va joylarga yetkazishni tashkil etadi;
hududiy, tuman (shahar) kengashlari ijro apparatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududiy va tuman (shahar)lar kengashlarida konferensiyalar, seminarlar va boshqa yig‘ilishlarni tashkil etilishini nazorat qiladi;
fuqarolar yig‘inlari manfaatlarini qonun asosida himoya qiladi, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi;
fuqarolar yig‘inlarining Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi, komissiya faoliyatiga amaliy, uslubiy ko‘maklashadi, komissiya faoliyatiga oid tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar, statistik ma’lumotlar tayyorlaydi, komissiya faoliyatini muvofiqlashtirad;
fuqarolar yig‘inlari xodimlari va jamoatchilik komissiyalari a’zolarining kasbiy mahorati, estetik fazilatlarini yanada yuksaltirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, fuqarolar yig‘inlari, hududiy va tuman (shahar) kengashlari ijro apparati xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishi, mahalla institutining jamiyatda tutgan o‘rinini yanada mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar obro‘siga putur yetmasligini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;
Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;
fuqarolar yig‘inlari xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hududiy, tuman (shahar) kengashlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tegishli xat, ariza va shikoyatlarni joylarga chiqib o‘rganishni tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
yo‘nalishi bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘limlarga umumiy kuratorlikni amalga oshiradi;
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 76.86 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech