Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati kadrlar bo‘limi boshlig‘i
Mamadiyev Azamat Xudoyberdiyevich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 236-33-27
Elektron manzil:
a.mamadiev@rmk.uz


Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda kadrlar bo‘limiga rahbarlikni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
hududiy kengashlar kadrlar bo‘limning ish faoliyatini o‘rganadi, tahlil qiladi, va ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Respublika va hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkillashtirish bo‘yicha takliflar beradi, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi va kadrlar faoliyati samaradorligini o‘rganib boradi hamda monitoring qiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosariga takliflar kiritadi;
hududiy kengashlarning rahbar lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodning hujjatlarini o‘rganadi, Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan suhbatga tayyorlaydi;
Respublika kengashi ijro apparati raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga zahira shakllantiradi;
Respublika kengashi va uning tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari hamda tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlariga zahira shakllantiradi;
davlat mukofotlariga tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi. Hujjatlar loyihasini Respublika kengashi boshqaruvi raisiga kiritadi;
Respublika kengashi ijro apparati xodimlarining xizmat vazifalari taqsimotini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Respublika kengashi ijro apparati xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari uchun shaxsiy guvohnomalarni tayyorlash va ularni rasmiylashtirishni tashkil etadi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining hamda tumanlar va shaharlar kengashlari raislari o‘rinbosarlarining ma’lumotnoma (ob’ektivka) bazasi shakllantiradi hamda muntazam ravishda yangilab boradi;
fuqarolar yig‘inlari xodimlarining ma’lumotnoma (ob’ektivka) bazasini Respublika kengashi tashkiliy-uslubiy bo‘limi bilan birgalikda shakllantiradi hamda muntazam ravishda yangilab boradi;
tizimda yo‘nalishga doir hisobot usulini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish, monitoringlar tashkil etish va ijro nazoratini ta’minlash, namunali ish natijalarini amalda keng qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Respublika kengashi ijro apparati faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
kengash faoliyati bilan bog‘liq konferensiyalar, seminarlar, Respublika kengashi boshqaruvi va boshqa yig‘ilishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib hududiy kengashlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 73.16 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech