Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Boymirzayeva Saodat O’rakovna

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 236-71-88
Elektron manzil: 
s.boymirzaeva@rmk.uz



Xizmat vazifasi:


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari hamda diniy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari topshirig‘iga asosan fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limini boshqaradi hamda ushbu bo‘limda diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtiradi, kengash ijro apparati bo‘limlari va tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Respublika kengashi raisining o‘rinbosariga fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish (shu jumladan, faoliyatini takomillashtirish) hamda ishlarni rejalashtirish (choraklik va yillik rejalar), muayyan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi;
fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi nazoratidagi chora-tadbirlar rejalari (dasturlar) va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
yo‘nalish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etish, Kengash hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining diniy-ma’rifiy bilim va malakalarini izchil oshirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va respublika kengashi raisining o‘rinbosariga kiritadi;
yo‘nalish doirasida qaror va tadbirlar rejasini tayyorlaydi va bajarilishini ta’minlaydi, umumlashtiradi, tahlil etadi, hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlarining mazkur yo‘nalishlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi;
Respublika kengashining yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘limlari, kengash a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O’zbekiston Musulmonlar idorasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tegishli mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
yo‘nalish bo‘yicha qonunchilik normalari, reja, dastur, topshiriqlar, hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlaydi, amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, bajarilishini nazorat qiladi.
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar tizimida diniy-ma’rifiy yo‘nalishidagi ishlarni yo‘lga qo‘yadi, bu borada bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududiy kengashlar raislarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda bosh mutaxassislar faoliyatiga uslubiy-amaliy jihatdan ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi;
yo‘nalishga doir kengash qarorlari va boshqa hujjatlar, dastur va rejalar ijrosini ta’minlaydi, mazkur yo‘nalishda ish yuritish, rejalashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartiblarini yo‘lga qo‘yadi hamda mavjud holatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hududiy kengashlarning har chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar va mavjud muammolarni yig‘adi, tahlil qiladi, ma’lumot va hisobotlarni tayyorlaydi, shu asosda mazkur yo‘nalishni takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi va yo‘nalish rahbariga kiritadi;
ommaviy axborot vositalari orqali samarali targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yadi;
belgilangan tartibda tegishli hududga kuratorlikni amalga oshiradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining haftalik, oylik, choraklik ish faoliyatlari bo‘yicha, shuningdek, maslahatchi faoliyati to‘g‘risidagi Namunaviy Nizom asosida maslahatchi faoliyatiga oid ish rejalarini, hujjatlar yig‘ma jildi (nomenklaturasi)ni ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etish yuzasidan yo‘nalish rahbariga taklif kiritadi;
fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini namunaviy nizom asosida yo‘naltirib boradi, yilning har choragida maslahatchilar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi, shu asosda ularning faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi, uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;
fuqarolar yig‘inlarining Yarashtirish, Xotin-qizlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat komissiyalari, «Ota-onalar universiteti», Qaynonalar kengashi faoliyati samaradorligini o‘rganadi, ularning faoliyatiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ijobiy tajribalarni keng ommalashtirish yuzasidan takliflar, Respublika kengashi qarori, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshirish yuzasidan taklif kiritadi;
sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
mazkur yo‘nalishda qaror va tadbirlar rejasini tayyorlaydi
va bajarilishini ta’minlaydi, fuqarolar yig‘inlarining mazkur yo‘nalishlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi;
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududiy kengashlar raislarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va yo‘nalish bo‘yicha bosh mutaxassislari, shuningdek, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat
va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning bilim
va malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish haqida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yo‘nalish rahbariga takliflar kiritadi, o‘quv-seminarlarni tashkil etadi;
mahallalarda ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xududiy kengashlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yadi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘nalishdan kelib chiqib qayd etilgan ko‘rsatkichlarni tahlil etib boradi, tahlil natijalariga ko‘ra, salbiy holatlar nisbatan ko‘p qayd etilgan holatlarda tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi;
mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan oilalar a’zolari
va aholi o‘rtasida profilaktik ishlarini olib borish, ularning dunyoqarashi hamda oilasidagi muhitni o‘rganish, tahlil qilish va zarur tadbirlar belgilash yuzasidan fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, ularga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
oilalarning ma’naviy asoslarni mustahkamlash, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;
to‘y-hasham va boshqa marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning salbiy oqibatlarining oldini olish, ushbu holatlarning aksariyati oilaviy ajrimlarga olib kelayotganligini yosh oila quruvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida tushuntirish tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqadi, amaliyotga tadbiq etish yuzasidan taklif kiritadi;
mahallalarda ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida farzand tarbiyasida ota-ona burchi va mas’uliyatini oshirish borasida «Ota-onalar universitetlari» faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahalla maslahatchilari va maslahatchi a’zo bo‘lgan tegishli komissiyalar faoliyati samaradorligini o‘rganadi, ularning faoliyatiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ijobiy tajribalarni keng ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Bu borada Respublika kengashi qarori, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida, shuningdek, fuqarolar yig‘inidagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari orqali samarali targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yadi;
fuqarolar yig‘inlari xodimlari hamda jamoatchilik tuzilmalari a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish mexanizmini ishlab chiqadi, amaliyotgan tadbiq etadi;
fuqarolar yig‘inlariga jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirishda ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tizimli va manzilli tarzda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, bu borada hamkor tashkilotlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanadi, hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
targ‘ibot tadbirlari uchun materiallar va fuqarolar bilan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi ishlar uchun tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
yo‘nalish bo‘yicha qonunchilik normalari, reja, dastur, topshiriqlar, hududiy kengashlarning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘inlarining diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tegishli komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlarni hududiy kengashlar hamda fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
hududiy kengashlarning diniy-ma’rifiy masalalar yo‘nalishida fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yo‘nalishga doir kengash qarorlari va boshqa hujjatlar, dastur va rejalar ijrosini ta’minlaydi, mazkur yo‘nalishda ish yuritish, rejalashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartiblarini yo‘lga qo‘yadi hamda mavjud holatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy kengashlarning ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.



Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 93.30 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech