Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish, huquq tartibot va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
Nabixo‘jayev Bahodir Soxobovich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 233-10-49
Elektron manzil:
b.nabixojaev@rmk.uz


Xizmat vazifasi:
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
hududiy kengashlar raislarining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyalari hamda fuqarolar yig‘ini huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi;.
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda soha faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda, respublika va hududiy kengashlarning faoliyatini samarali tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;
mahallalarda tegishli komissiyalar faoliyatining samarali tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
yo‘nalishga doir hisobot ishlarini yo‘lga qo‘yadi, ushbu masalalar bo‘yicha kengashning hududiy kengashlar va fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviy bog‘liqligini tayinlaydi;
sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash uchun zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
yo‘nalishga doir masalalar bo‘yicha kengash va fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviyligini ta’minlash, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar va Respublika kengashi yig‘ilishlari uchun rais o‘rinbosariga takliflar kiritib boradi;
konferensiyalar, seminarlar, Respublika kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar tayyorlaydi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib hududiy kengashlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi;
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi;
tizimda va fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviyligini ta’minlashda takliflar ishlab chiqadi va rais o‘rinbosariga kiritib boradi;
tizimda xodimlar va fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari), «Mahalla posboni» tuzilmasi xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirishda uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
mahallalarda aholi, yoshlarni ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik
va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, osoyishtalikni ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport sohalariga doir tadbirlarni amalga oshirish shuningdek, bayram va boshqa ommaviy tadbirlarni uyushtirishda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatadi, bu borada tadbirlar rejasini tayyorlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning targ‘ibot usullarini ishlab chiqish va joriy qilishga ko‘maklashadi;
mahalla ahlining tashabbuskorligini oshirishda qulay moddiy
va ma’naviy sharoitlar yaratib berishda ko‘maklashadi, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
mahallalarda aholi, voyaga yetmaganlar, yoshlar o‘rtasida madaniyat va sport sohalariga doir tadbirlarni amalga oshirish, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalarini tashkil etishda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatadi, bu borada tadbirlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish kabi tadbirlar doirasida fuqarolar yig‘inlariga uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha va boshqa yoshlar va voyaga yetmaganlar yo‘nalishlariga oid komissiyalar faoliyatida ishtirok etadi hamda yo‘nalishga doir reja va dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
voyaga yetmaganlar davomati, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini ta’lim bilan qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilar bandligini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlarining jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi;
bolalar maydonchalaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash, bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyatini targ‘ib etish, namunaviy sport maydonchalarini loyihalar asosida qurish va ta’minlash kabi tahlillarni yuritishni nazorat qiladi;
mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan shaxslar bilan targ‘ibot ishlarini olib borish, ularning dunyoqarashi hamda oilasidagi muhitni o‘rganish, tahlil qilish va zarur tadbirlar belgilash yuzasidan fuqarolar yig‘inlariga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatish, respublika kengashining diniy-ma’rifiy bo‘limi bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolar yig‘inlari huzuridagi «Mahalla posboni» jamoat tuzilmasi faoliyatiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatib boradi, taalluqli tashkilotlar, huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa huquq-tartibot yo‘nalishlariga oid komissiyalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi faoliyati yo‘nalishiga doir reja, dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
chegara oldi mahallalardagi aholi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini oshirish ayniqsa fuqarolar yig‘inlari bilan «Chegara posboni» otryadlari hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi;
fuqarolar yig‘inlarining favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtirokini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda faoliyat jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordamlar ko‘rsatadi va monitoring qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
yo‘nalish doirasidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘inlarining qonunchilikda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda hamda konferensiya, seminar va yig‘ilishlarni tashkillashtirishda rais o‘rinbosariga ko‘maklashadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.



Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 83.08 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech