Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati keksalar va fahriylar bilan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
ВАКАНТ

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 233-95-48
Elektron manzil:
info@rmk.uz 


Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashda, Respublika va hududiy kengashlarning faoliyatini samarali tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi.
yo‘nalishga doir masalalar bo‘yicha kengash va fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviyligini ta’minlashda takliflar ishlab chiqish, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar va respublika kengashi yig‘ilishlariga kiritib boradi;
xududiy kengashlar raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati ishlarini muvofiqlashtiradi;
fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
ko‘rik tanlovlarni tashkil etadi hamda aholining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlash bo‘yicha ekologik dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqarolar yig‘inining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uning faoliyatini tashkil etishga uslubiy, amaliy ko‘maklashadi, tegishli ma’lumotlarni to‘playdi, uning faoliyatiga oid ma’lumotlarni tahlil qiladi;
tizimda yo‘nalishga doir hisobot usulini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish, monitoringlar tashkil etish va ijro nazoratini ta’minlash, namunali ish natijalarini amalda keng qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
kengash tizimida konferensiyalar, seminarlar, respublika kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar kiritadi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib kengashning hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi, kengash raisining o‘rinbosari xizmat safarida yoki mexnat ta’tiliga chiqgan vaqtida uning vazifalarini bajaradi;
mahalalarda keksa va faxriylar hamda nogironlarni qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatda pensiya, ijtimoiy va tibbiy xizmatlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlash tizimini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
mahallalarda 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti qatnashchilari shuningdek yordamga muxtoj keksalar va faxriylarga doimiy xizmat ko‘rsatish, ularning turmush tarzi, salomatligi va oilaviy sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ishlash mexanizmini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida seminar o‘quvlar tashkil qiladi, kerakli uslubiy tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadi;
mahallalarda keksalar va faxriylar tomonidan mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish masalalarini ko‘rib chiqish, jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlar bilan ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlash tizimini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida tayyorlanayotgan barcha uslubiy tavsiyalar tayyorlashda ishtirok etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etishda ishtirok etadi va uzining tavsiyalarini beradi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarda ishtirok etadi hamda ma’ruzalarni tayyorlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy kengashlarning ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 78.66 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech