Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati devonxona mudiri
Umarova Arofat

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 233-41-52
Elektron manzil: 
info@rmk.uz



Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda Devonxonaga rahbarlik qiladi;
Respublika kengashiga kelgan hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va bajaruvchisiga topshirish, jo‘natiladigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va joylarga yuborish tashkil etadi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yig‘ilish bayonlari hamda boshqa turdagi topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha mas’ullarga eslatmalar beradi va yozma axborotlarni oladi;
Respublika kengashi boshqaruvi raisining qaror, farmoyish va buyruqlarni ro‘yxatga oladi hamda ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi;
xodimlar bo‘yicha xizmat safari buyruqlarini rasmiylashtiradi va safar guvohnomalarining o‘rnatilgan tartibda berilishini ta’minlaydi;
ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o‘rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo‘linmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi va tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Respublika kengashiga kelgan xujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va jo‘natish hamda nazoratdan chiqarilishi holati bo‘yicha kengash apparat yig‘ilishiga ma’lumot tayyorlaydi.
hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlaydi va topshiradi;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) kengashlari ijro apparati va tasarrufidagi tashkilotlar mas’ul xodimlariga ish yuritish bo‘yicha tegishli amaliy-metodik yordam beradi va ularning ishini nazorat qiladi.
hududiy kengashlarda ish yuritish va arxiv ishi yuzasidan faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar malakasini oshirish va takomillashtirish maqsadida tegishli seminar tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
“Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlar hisobini yuritish, hududlar kesimida har chorak yakuni bo‘yicha tahlil qiladi hamda kengash boshqaruvi raisiga taqdim etadi;
hududiy, tuman (shahar) kengashlarida va fuqarolar yig‘inlarida ish yuritish tizimini, hujjatlar bilan ishlash, ijro nazoratini ta’minlashda ko‘maklashadi, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish va namunali ish natijalarini amalda qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Respublika kengashida konferensiyalar, seminarlar, respublika boshqaruvi va boshqa yig‘ilishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosarining buyrug‘iga asosan tegishli hududiy kengashga kuratorlikni amalga oshiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 71.29 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech