Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati axborot xizmati boshlig‘i
Rahmatov Laziz Xasanovich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba 
Telefon:
998 71 232-17-55
Elektron manzil:
la.rahmatov@rmk.uz

Xizmat vazifasi:
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy jihatdan yordamlashadi;
Respublika va hududiy kengashlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir amalga oshirilgan ishlar va turli tadbirlarni bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi va monitoringini olib boradi;
Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar kengashlarida ommaviy-axborot vositalarida yoritilgan keng qamrovli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni oladi va tahlil etadi;
Respublika kengashi va mahallalar tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borishda ishtirok etadi;
Respublika kengashi hamda mahallalarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini ta’minlashda ishtirok etadi, ushbu hamkorlikni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi;
Respublika kengashi faoliyatini yoritishda markaziy teleradiokanallar, markaziy gazetalar bilan hamkorlik media-rejasi tuzilishini ta’minlaydi hamda uning ijrosini yo‘lga qo‘yadi;
«Mahalla» gazetasi va «Mahalla ko‘zgusi» ilmiy-ommabop jurnali orqali Kengash va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining yoritilishi yuzasidan har chorak yakunida respublika kengashiga tahliliy ma’lumot tayyorlaydi;
Respublika kengashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan ijobiy ishlar, yutuqlar va amaliy tajribalarni kengashning rasmiy veb-saytida yoritish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi;
sohaga doir o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
Respublika kengashi tizimida konferensiyalar, seminarlar, respublika kengashi va boshqa yig‘ilishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, kengashning hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi;
ommaviy axborot vositalarida mahallalar faoliyatiga oid masalalarni tahlil etadi va haftalik ma’lumotlarni (dayjest) tayyorlashni tashkil etadi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘limlarga kuratorlikni amalga oshiradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 71.52 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech