Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati axborot-tahlil va statistika bo‘limi boshlig‘i
Musayev Navruz Abduxalilovich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 232-17-34
Elektron manzil:
n.musaev@rmk.uz


Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, hududlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda Respublika Kengashi ijro apparatiga yuklatilgan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish va o‘z vaqtida ularning bajarilishi haqida Prezident devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilishini ta’minlaydi;
fuqarolar yig‘ini xodimlariga yig‘inda ish yuritishni tashkil etish, mahalla faoliyati yuzasidan umumiy hisobotlar va statistik ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;
fuqarolar yig‘inlaridagi barcha tashkiliy va kadrlarga oid masalalar bo‘yicha (yig‘in raisi, mas’ul kotib, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari) hamda mahalla faoliyati yuzasidan umumiy hisobotlar
va statistik ma’lumotlar tayyorlaydi, ularni tahlil qiladi, respublika kengashiga kiritadi;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash va fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, dastur va rejalar ijrosini nazorat qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Respublika va hududiy kengashlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik
va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar tayyorlaydi, tahlil qiladi, Respublika kengashi boshqaruviga kiritadi;
axborot-tahlil ishlarini samarali tashkil etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;
Respublika, hududiy va tuman (shahar)lar kengashlari va fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qiladi va ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
hududiy kengashlar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha vazifalar ijrosini o‘rganadi;
yo‘nalishi bo‘yicha hududiy kengashlardagi xodimlarning faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
Respublika kengashi bilan hududiy, tuman (shahar) kengashlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mexanizmlarini takomillashtirish, ish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududiy va tuman (shahar) kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
kengash va fuqarolar yig‘inlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlar mas’uliyati va javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amaliyotga tadbiq etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqadi;
fuqarolar yig‘ini kengashi, ular huzuridagi komissiyalar faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;
sohaga doir uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘limlarga umumiy kuratorlikni amalga oshiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 75.94 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech