Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
Kirgizbayev Turg‘un Turdaliyevich

Aloqa uchun:

Ish vaqti:
Dushanba - Juma, 09:00 - 18:00
tushlik 13:00 - 14:00
dam olish kunlari shanba, yakshanba
Telefon:
998 71 232-17-13
Elektron manzil:
akt@rmk.uz

Xizmat vazifasi:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Ustavga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari, hududlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda Respublika Kengashi ijro apparatiga yuklatilgan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish va o‘z vaqtida ularning bajarilishi haqida Prezident devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilishini ta’minlaydi;
tizimda yo‘nalishga doir hisobotni yo‘lga qo‘yadi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib kengashning hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi;
fuqarolar yig‘inlari mas’ul xodimlarini «Mahalla» axborot tizimida ishlash va ma’lumotlar kiritish bo‘yicha nazariy o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar o‘quv seminarlarini tashkil etadi;
kengash tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyatini chuqur tahlil etgan holda respublika kengashiga takliflar kiritadi;
korxona, tashkilot va muassasalar bilan o‘zaro elektron hujjat almashuvini takomillashtirish xamda integratsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan yangi loyihalar bo‘yicha respublika kengashiga takliflar kiritadi;
yo‘nalishi bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi;
Respublika va hududiy kengashlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yagona bir tarmoqqa birlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan ko‘p bosqichli himoyalangan korporativ tarmoq, korporativ elektron hujjat almashuv tizimi, korporativ elektron pochta va respublika kengashining korporativ portali pilot loyihasining ish jarayonini tahlil qiladi va tizimli ravishda takomillashtiradi;
faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib Respublika va hududiy kengashlar faoliyatida tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlarni tayyorlaydi;
Respublika kengashining himoyalangan korporativ tarmog‘ini uzluksiz ishlashi va texnik nazoratini ta’minlaydi;
Respublika kengashining rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda ma’lumotlarni joylashtirib boradi;
Respublika kengashi ijro apparati xodimlarining barcha kompyuter jamlanmalarini doimo soz holatini ta’minlaydi;
Respublika kengashining internet tizimini doimiy nazorat qiladi
va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
Respublika kengashining elektron pochta tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
Respublika kengashi raisi birinchi o‘rinbosarining buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘limlarga kuratorlikni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Xizmat vazifasi:
Yuklab olish
Hajmi: 69.70 KB

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech